Arizona universitetining jamoatchilik salomatligi, atrof-muhit va immunologiya kafedrasi professori Charlz Gerbning aytishicha, uydagi zararli mikroorganizmlarning asosiy manbai bu oshxona rakovinasi sanaladi.
“Bu erda hojatxonadan ham ko`proq bakteriyalar mavjud. Bundan tashqari, oshxonada salmonellalar va ichak tayoqchasini tarqatadigan mahsulotlarni tayyorlaymiz”, — dedi Gerb.
Bundan tashqari, rakovinada xom go`sht mahsulotlarini eritilib, yuviladi. Shuningdek oshtaxtada tualet o`rindig`idanda ko`proq mikroblar mavjud.
Oshxonadagi boshqa iflos narsalar qatorida Gerb stol taxta, idishlarni yuvish uchun sochiqlar, sovutgich tutqichi, gubkalar va lattani qayd etgan, deb yozadi CNN.






