AsosiyJamiyat

Andijonlik paxtakorlar paxta topshirish rejasini bajarishdi

'Andijonlik paxtakorlar paxta topshirish rejasini bajarishdi'ning rasmi

Andijon viloyati paxtakorlari joriy yil uchun belgilangan paxta topshirish shartnomaviy rejasini muvaffaqiyatli bajardi. Viloyat paxtakorlari davlat qabul punktlariga 240 ming 800 tonnadan ortiq paxta xom ashyosi etkazib berdi. Hosilning asosiy qismi yuqori navlarga sotildi.

image_2019-10-16_19-47-31.png

Mamlakatimiz qishloq xo`jaligida klaster tizimining joriy etilayotgani qisqa fursatlarda o`z samarasini berdi. Joriy yilda Andijon viloyatining to`qqizta tumanida ana shu tizim asosida ish tashkil etildi.
 


 

1.jpg

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, bu yil yozning issiq kelgani, qolaversa, dehqonlarning zarur agrotexnik tadbirlarni o`z vaqtida, sifatli bajarganliklari, eng asosiysi, erga mehr berib, sidqidildan ish olib borgani tufayli viloyatdagi aksariyat fermer xo`jaliklarida paxtadan mo`l hosil olindi.


 

1 (2).jpg

Andijonliklar ushbu natija bilan to`xtab qolmaydi. Dalalarda hosil hali mo`l. Etishtirilgan paxta hosilini oxirgi misqoligacha yig`ib-terib olish uchun bor imkoniyatlarni ishga soladi.


 

3.jpg
photo_2019-09-17_11-15-39.jpg

 

    Boshqa yangiliklar