O`zbekistonda Prezident universiteti tashkil etiladi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligi rahbariyati va oliy o`quv yurtlari rektorlari ishtirokida bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida ma`lum qilingani xabar berilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida Prezident universitetini tashkil etish ham ko`zda tutilgan.
Unga ko`ra, Prezident universiteti — xalqaro standartlar va milliy an`analar uyg`unligida yuqori malakali, zamonaviy bilim va ko`nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar, professional kadrlarni tayyorlovchi etakchi ta`lim va ilm-fan markaziga aylanadi. Shuningdek, Prezident universitetida ta`limga kredit-moduli tizimi joriy qilinadi.






