AsosiyShou-biznes

Jonni Depp navbatdagi filmida suratga tushish uchun o`z qiyofasini tanib bo`lmas darajada o`zgartirdi

Gollivud kinoaktyori Jonni Depp rejissyor Kevin Smitning “Yoga ishqibozi” filmida suratga tushdi va rolini jonlantirish uchun ko`rinishini tanib bo`lmas darajada o`zgartirdi. Bu haqida “The Daily Mail” nashri xabar bermoqda deb yozadi kun.uz nashri.

Xabarda yozilishicha, Jonni Depp suratga tushish maydonchasiga juda ko`p miqdordagi grim va burni shaklini o`zgartirish orqali butkul boshqa odam bo`lib chiqqan. Bundan tashqari u vazn orttirgani tufayli, ko`pchilik uni avvaliga Jerar Deparde deb o`ylagan.

Ma`lum qilinishicha, ushbu filmda Jonni Depp o`z qizi Lili-Rouz Melodi Depp bilan hamkorlikda rol ijro etadi.

Ushbu film namoyishi 2015 yilning 1 iyunida bo`lib o`tishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar