25 dekabr kuni Toshkent viloyatining Bo`ka tumanida sodir etilgan chol-kampirning qotilligi fosh etildi. Bu haqda IIV matbuot xizmatiga asoslanib «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
Marhumlar Y. Xojimetov fermer xo`jaligining «Ko`rik» mahallasida istiqomat qilgan.
Ushbu jinoyat yuzasidan Bo`ka tumanida yashovchi ikki nafar fuaqro qo`lga olingan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda. IIV jinoyatchilarning qo`lga olinishi tafsilotlari va hodisa bilan bog`liq hodisalar haqida ma`lumot bermagan.
manba: daryo.uz





