AsosiyShou-biznes

Skarlett Yoxansson: "Rojdestvoni 'Uyda yolg`iz' filmisiz tasavvur qila olmayman"

People nashri jurnalistlari Skarlett Yoxanssondan Rojdestvo bayrami u uchun qanaqa ahamiyatga ega ekanligi, uning oilasida qanday an`analar mavjudligi va u qaysi taomni sevishi haqida gapirib berishini so`radi. Biz e`tiboringizga savollar va aktrisaning javoblarini havola etamiz.

Sevimli Rojdestvo an`analari: Men eski filmlarni qaytadan ko`rishni, o`qish va taomlar pishirishni yaxshi ko`raman. Xoh ishoning, xoh ishonmang, lekin ushbu bayramda mening sevimli filmim "Uyda yolg`iz 2" kartinasidir.

Sevimli Rojdestvo taomlari haqida: Guruchli puding hidi menga har doim bayramlarni eslatib turadi. Otam doim an`anaviy olchali sous bilan Daniya pudingini tayyorlaydi va u nihoyatda mazali bo`ladi. Mening oilam har yili bu taomni Rojdestvo menyusiga kiritadi.

Rojdestvo uchun eng esda qolarli sovg`alar haqida: Mening akam bir marta menga bolalikdan bizga sevimli bo`lgan restoran uchun sertifikat berdi. Bu biz uchun birga vaqt o`tkazish, o`tgan yillarni eslash imkoniyati bo`lgan va biz oldin imkonimiz bo`lmagan daykiri taomiga buyurtma berganmiz.

    Boshqa yangiliklar