O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil may doyida Amerika Qo`shma Shtatlari amlga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida«O`zbekiston va Amerika Qo`shma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi» deb nomlangan Qo`shma bayonoti qabul qilingan.
Mazkur Bayonot asosida hozirda ikkala davlat o`rtasida turli sohalarda, xususan bojxona sohasidagi o`zaro munosabatlar yanada mustahkamlanmoqda. 2019 yil 16 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara-bojxona postida O`zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlariga beg`araz ko`mak sifatida taqdim qilingan radiasion portal monitorlarini tantanali qabul qilish marosimi bo`lib o`tdi.
Mazkur tadbir O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi va AQSh Energetika vazirligi o`rtasida imzolangan yadroviy hamda radioktiv materiallarning noqonuniy aylanishini oldini olish bo`yicha hamkorlik to`g`risidagi Memorandum doirasida amalga oshirildi.
Marosimda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, AQShning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniel Rozenblyum, Davlat bojxona qo`mitasining Axborot kommunikasiya texnologiyalari boshqarmasi boshlig`i D.Maksumov va boshqalar ishtirok etishdi.
Ta`kidlanganidek, davlat bojxona xizmati organlari tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga eksport-import operasiyalarini amalga oshirishda yaqindan ko`makchi bo`lib kelishmoqda. Bu jarayonda tezkorlik va samaradorlikni ta`minlash maqsadida bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlariga yangi innovasion va kommunikasion texnologiyalar muntazam joriy etilmoqda.
Radiasion portal monitorlaridan chegara bojxona postlari orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslar yoki avtotransport vositalarida noqonuniy radiaktiv moddalarni aniqlashda keng qo`llaniladi hamda ushbu yo`nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Bu kabi qurilmalardan viloyatdagi “Daryo porti” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga ham taqdim etilishi nazarda tutilgan.
Tadbir davomida mehmonlar “Ayritom” chegara bojxona posti, shuningdek, “Termiz Kargo Centr” logistika markazi bilan ham yaqindan tanishishdi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi va AQSh hukumati o`rtasida 2001 yilda imzolangan “Mudofaa va ommaviy qirg`in qurollarining tarqalishini oldini olish sohasida hamkorlik to`g`risida Bitim” doirasidaxavfli yadroviy, biologik, kimyoviy va radiologik materiallarning tarqalishiga qarshi hamkorlikda kurashib kelmoqda.
Tantanali tarzda qabul qilib olingan radiasion nazorat qurilmalari mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash, xavfsizlikni ta`minlash va barqaror rivojlanishda muhim ahamiyat kasb etadi.






