AsosiyJamiyat

Sirdaryo hokimi eng yaxshi o`qituvchiga avtomobil sovg`a qilmoqchi

'Sirdaryo hokimi eng yaxshi o`qituvchiga avtomobil sovg`a qilmoqchi'ning rasmi

Bugun Sirdaryo viloyati hokimi G`ofurjon Mirzaev “Eng yaxshi maktab”, “Eng yaxshi maktab direktori”, “Eng yaxshi fan o`qituvchisi” tanlovlarini e`lon qildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma`lum qildi.

Aytilishicha, tanlov g`oliblariga engil avtomoshina sovg`a qilinadi.

Hokim o`tkazgan yig`ilishda aytilishicha, har bir rahbar uchun bundan buyon maktab ishi vijdon ishi bo`lishi shart. «Chunki biz, muhtaram Prezidentimiz aytgandek ko`p yillar maktabdan ancha uzoqda bo`ldik. Endi bu o`ta muhim dolzarb masalani har birimiz o`z ish faoliyatimizning asosiy o`lchov birligi deb qarashimiz kerak», — degan viloyat hokimi G`ofurjon Mirzaev.

Shuningdek, yig`ilishda Sirdaryo viloyatidagi maktablar salohiyatini ko`tarish, ulardagi muhitni o`zgartirish bo`yicha bir qator muhim topshiriqlar berilgan.

    Boshqa yangiliklar