AsosiyJamiyat

Cigareta va alkogol ichimliklariga qo`shimcha soliq joriy etiladi

'Cigareta va alkogol ichimliklariga qo`shimcha soliq joriy etiladi'ning rasmi

O`zbekistonda onkologik kasalliklarga chalingan insonlarga yordam beruvchi jamg`arma tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu jamg`arma alkogol, sigareta ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, tungi klublar egalari tomonidan moliyalashtiriladi. Bu respublika monopoliyaga qarshi qo`mitasi tomonidan ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo`yilgan Prezident qarori loyihasida ko`zda tutilgan.

Qonun loyihasida mablag` yig`ish sxemasi aniq ko`rsatilgan. Shunday qilib, alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va importyorlar jamg`armaga har bir sotilgan yoki mamlakatga olib kelingan mahsulot uchun majburiy tartibda 2000 so`mdan mablag` o`tkazishi kerak bo`ladi.

Tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlar esa har bir quti sigareta uchun jamg`armaga 100 so`mdan mablag` o`tkazishi kerak bo`ladi.

Tungi klub ko`rinishida faoliyat yurituvchi kafe, restoran va barlar qo`shilgan qiymat solig`ini hisobga olmagan holda daromadning 5 foizini jamg`armaga o`tkazishi kerak.

Bundan tashqari, shakar miqdori yuqori bo`lgan alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchilar va importchilar, yog` va tuz miqdori yuqori bo`lgan oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, energetiklar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham saraton bilan og`riganlarga yordam beruvchi jamg`armani moliyalashtirish manbalari bo`ladi.

Jamg`arma nafaqat tadbirkorlar, balki jismoniy shaxslar tomonidan ham moliyalashtiriladi. Ko`p xonadonli uylar uchun 200 kvadrat metr va 500 kvadrat metrdan iborat uy-joy xaridorlari yakka tartibdagi qurilish uchun quyidagi sxema bo`yicha to`lovlarni amalga oshiradi: Toshkentda kvadrat metr uchun 6000 so`m, hududlarda kvadrat metr uchun 3000 so`m.

Narxi 20 ming dollardan qimmatroq bo`lgan mahalliy va import mashinalarni xarid qilgan fuqarolar va tashkilotlar mahsulot birligi uchun eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida jamg`armaga pul o`tkazadi.

Hozirda O`zbekistonda eng kam oylik ish haqi 223 ming so`mni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar