AsosiySiyosat

Prezident farg`onalik ziyolilar bilan muloqot qildi

'Prezident farg`onalik ziyolilar bilan muloqot qildi'ning rasmi

Qo`qon shahridagi Buyuk allomalar muzeyida O`zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoevning Farg`ona viloyati faollari, nuroniylar, ziyolilar bilan muloqoti bo`lib o`tdi. Unda madaniyat, ma`rifat sohalaridagi o`zgarishlar, yoshlar ta`lim-tarbiyasi haqida so`z bordi.

Mamlakatimizda milliy qadriyatlarni e`zozlash va targ`ib etish, buyuk allomalar merosini o`rganishga katta e`tibor qaratilmoqda. Baxshichilik va maqom san`ati bo`yicha xalqaro festivallar o`tkazilgani bu borada ulkan ahamiyatga ega bo`ldi. Imom Buxoriy, Imom Termiziy markazlari, Mirzo Ulug`bek va Muhammad Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, adiblar nomlari bilan atalgan ijod maktablari tashkil etildi. Prezident maktablari, yangi oliy o`quv yurtlari yosh avlod uchun yanada keng imkoniyatlar ochdi.

- Vaqt shiddat bilan o`tyapti. Har bir soha bo`yicha izlanishda, tinimsiz harakatdamiz. O`zgarishlar bor, lekin hali bizni qanoatlantirmaydi, - dedi Prezident.

Faollar butun Farg`ona viloyatida bo`lgani kabi Qo`qon shahrida ham ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotgani, Xalqaro hunarmandchilik festivali tufayli shahar yanada obod bo`lib, bu erga butun dunyodan mehmonlar kelganini mamnuniyat bilan qayd etishdi.

Buyuk allomalar muzeyi ham davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan. Bu erga keluvchilar Qo`qonda yashab, ijod qilgan adib va allomalar hayoti, asarlari haqida ma`lumot oladi. Buyumlar, turli idishlar esa o`sha davr turmush tarzidan darak beradi.


    Boshqa yangiliklar