Xorazm viloyati hokimligi, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida Xiva shahridagi “Ichanqal`a” davlat muzey-qo`riqxonasida “RAQS SEHRI” xalqaro festivali bo`lib o`tadi.
Festivalda yurtimizning turli hududlaridan va qator xorijiy davlatlardan kelgan san`atkorlar o`z badiiy chiqishlari bilan ishtirok etadi. Milliy raqs san`atimizni dunyoga targ`ib qilish, mamlakatimizda turizmni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil qilingan festivalga joriy yil ham puxta tayyorgarlik ko`rildi.
Bu yilgi festivalda Angliya, Italiya, Fransiya, Gollandiya, Rossiya, Quvayt, Malayziya, Hindiston, Xitoy, Indoneziya, Polsha, Gruziya, Ozarbayjon, Qozog`iston, Turkmaniston, Tojikiston kabi 20 ga yaqin xorijiy davlatlardan 100 ga yaqin ishtirokchi raqqoslar va raqs guruhlari qatnashadi vafestivalni yoritib boruvchi 20 ga yaqin xorijiy OAV vakillari ham tashrif buyurishgan.
Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati






