AsosiyJamiyat

Yangi yildan boshlab O`zbekistonda "Mahalla" telekanali ish boshlaydi

2015 yilning 1 yanvaridan O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida “Mahalla” deb nomlangan yangi raqamli ma`rifiy teleradiokanal ishga tushiriladi.

Teleradiokanal O`zbekiston Prezidentining joriy yil 17 dekabr kuni imzolagan qaroriga muvofiq tashkil etilmoqda.

24 soatlik “Mahalla” teleradiokanali O`zbekiston MTRK tarkibidagi o`n uchinchi kanal bo`ladi. Hozirda MTRK ning O`zbekiston”, “Yoshlar”, “Sport”, “Toshkent”, “Madaniyat va ma`rifat”, “Dunyo bo`ylab”, “Kinoteatr”, “Navo”, “Oilaviy”, “Diyor”, “Bolajon” va “UzHD” tele va radiokanallari faoliyat ko`rsatmoqda.

Shuningdek, hujjatga ko`ra, mavjud telekanallarga kelgusi yilning 1 yanvaridan boshlab 24 soatlik efir vaqti joriy etiladi. Faqat “Bolajon” telekanali 15 soat va MTRK ning 12 ta hududiy bo`linmalari 18 soat davomida efirga chiqadi.

Manba: 12 news.uz

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar