Yaponiyalik milliarder Yusaku Maedzava «Zozo» kiyim-kechak, poyabzal va aksessuarlar onlayn-reteyleri aksiyalari nazorat ulushini sotishga rozi bo`ldi. Xaridor ham tayyor, bu – «Yahoo Japan», kelishuv qiymati 3,7 milliard dollarga baholanmoqda.
Maedzava «Zozo»ning 30,4 foizini sotdi. Shu paytgacha unga 36,8 foizi tegishli edi. Bundan tashqari, kelishuvga ko`ra, u kompaniya bosh direktori lavozimini tark etishi kerak.
«Forbes» Maedzavaning mol-mulkini 2,2 milliard dollarga baholagan. U dunyoga mashhur san`at asarlari kolleksioneri sanaladi. Masalan, 2017 yili u 110,5 million dollarga Jan-Mishel Baskiya rasmini sotib olgan: bu amerikalik musavvirlar uchun rekord narxda sotilgan asar bo`ldi. 2018 yilning sentyabrida yaponiyalik milliarder Oy orbitasiga safar qilgan birinchi koinot sayyohiga aylandi.






