Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sayfutdinov Anvar Nazarovich Yakkasaroy tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Anvar Sayfutdinov 2004 yildan hozirgi vaqtga qadar «Navro’z-FT» MChJ, «Sanico Trading» xususiy korxonasi, «Shinkonrakttorg» sho``ba korxonasi va «Sanico Group” MChJda rahbarlik lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o`tamiz, bunga qadar Yakkasaroy tumani hokimi bo`lib ishlagan Baxtiyor Shamuratov Sergeli tumaniga hokim etib tayinlangandi.






