AsosiyShou-biznes

Kemeron Dias rok ijrochisi Benji Madden bilan unashtirildi

Amerikaning Us Weekly jurnali Kemeron Dias rasman qayliq bo`lgani haqidagi xabarni e`lon qildi, deb yozadi Elle nashri.

Ushbu ma`lumotni 42-yoshli aktrisa va uning sevgilisi Good Charlotte guruhi a`zosi 35 yoshli Benji Maddenning yaqinlari tasdiqlagan. Ulardan biri: "Ushbu unashtiruv ko`pchilik uchun bema`ni ishday tuyuldi, biroq men ular uchun xursandman", - deb o`z fikrlari bilan o`rtoqlashgan.

Dias va Meddenning munosabatlari joriy yilning may oyida ma`lum bo`lgan edi.  Ushbu aloqalar yangi bosqichga o`tgani haqidagi tahminlar oktyabrda paydo bo`ldi. Bu vaqtda Kemeronning barmog`ida brilliant ko`zli uzukni ko`rishgan. Biroq aktrisaning o`zi bu haqda e`lon qilishga shoshilmagan.

    Boshqa yangiliklar