AsosiyDunyo

Otabek Umarov rossiyalik blogerga premium-klassdagi uchta avtomobil taklif qildi

'Otabek Umarov rossiyalik blogerga premium-klassdagi uchta avtomobil taklif qildi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoevning kichik kuyovi, Prezident xavfsizlik xizmati boshlig`i o`rinbosari Otabek Umarov rossiyalik avtobloger Erik Davidchga navbatdagi test-drayvni O`zbekistonda suratga olishga ko`maklashdi. Bu haqda Davidch o`zining «Instagram»ida xabar berdi.

Avtobloger o`zining navbatdagi shou-ko`rsatuvini O`zbekistonda suratga olishni maqsad qilgandi. Otabek Umarov unga premium-klassdagi «Mercedes AMG GT 4», «BRABUS Maybach 900» va «Bentley» avtomobillarini taklif qildi.

«Bizga yordam beradigan kishini topdik. U nafaqat bitta mashina, tanlab olish uchun variantlar taqdim etdi. Ko`pchilik aytgandi, hoy, Davidich, sen O`zbekistonda hech narsa topa olmaysan, deb. Rahmat sizga, @otabek_muhammadalievich», deb yozadi bloger.

Davidch — taniqli videobloger bo`lib, uning «YouTube»dagi roliklari million martalab ko`riladi.

    Boshqa yangiliklar