Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va uning hududiy bo`linmalari tashkil etildi.
9 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasida sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Farmonga ko`ra, Sog`liqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati tashkilotlari va ularning hududiy bo`linmalari negizida quyidagilar tashkil etildi:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va uning hududiy bo`linmalari;
Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi.
Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalaridan biri sanitariya-epidemiologiya nazorati sohasida davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilishni ta`minlashdan iborat.
Yangi tashkil etilayotgan Agentlik esa, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida yagona davlat siyosatini olib boradi.
Farmonga ko`ra, Davlat inspeksiyasi boshlig`i bir vaqtning o`zida Bosh davlat sanitariya inspektori, Agentlik direktori esa bir vaqtning o`zida Bosh davlat sanitariya vrachi hisoblanadi.
Shuningdek, Davlat inspeksiyasi va Agentlik huzurida yuridik shaxs tashkil etmasdan byudjetdan tashqari moddiy rag`batlantirish va rivojlantirish jamg`armalari tashkil etildi.
09.09.2019 13:47
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tashkil etildi






