AsosiyJamiyat

2020/2021 o`quv yilidan boshlab professional ta`lim muassasalari tarmog`i tashkil etiladi

'2020/2021 o`quv yilidan boshlab professional ta`lim muassasalari tarmog`i tashkil etiladi'ning rasmi

2019 yil 6 sentyabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta`lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-5812-son farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko`ra 2020/2021 o`quv yilidan boshlab yurtimizda Ta`limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg`unlashgan yangi boshlang`ich, o`rta va o`rta maxsus professional ta`lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta`lim dasturlari joriy etiladigan ta`lim muassasalari tarmog`i tashkil etiladi.

Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga idoraviy bo`ysunuvidan qat`i nazar o`quv-metodik rahbarlik qilish hamda bu sohada davlat siyosatini yuritish Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Farmon bilan 2020/2021 o`quv yilidan boshlab xalqaro tasniflagichning tegishli darajalariga mos keluvchi dasturlar asosida tegishli kadrlar tayyorlaydigan ta`lim muassasalari ro`yxatlari tasdiqlandi:

1️⃣ Boshlang`ich professional ta`lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta`lim muassasalari (Kasb-hunar maktablari) ro`yxati

2️⃣ O`rta professional ta`lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta`lim muassasalari (kollejlar) ro`yxati.

3️⃣ Oliy ta`lim muassasalari huzurida tashkil etiladigan texnikumlar.

    Boshqa yangiliklar