AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qanday tovarlarni ishlab chiqarish biznesingiz uchun manfaatli ekanligini bilasizmi?

'O`zbekistonda qanday tovarlarni ishlab chiqarish biznesingiz uchun manfaatli ekanligini bilasizmi?'ning rasmi

Bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz tomonidan xalqimizning turmush farovonligini yanada oshirish maqsadida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash, aholini sifatli va ekologik toza mahsulotlar bilan ta`minlash masalalariga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Amalga oshirilayotgan izchil islohotlar doirasida nafaqat import o`rnini bosuvchi, balki eksportga yo`naltirilgan tovarlarni ishlab chiqarish uchun tadbirkorlarimizga barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Davlat bojxona qo`mitasi tomonidan mamlakatimizga xorijdan import qilinayotgan asosiy xalq iste`mol tovarlarining hajmlari doimiy ravishda tahlil qilib borilmoqda.

Tahlillar, mamlakatimiz aholisi uchun zarur bo`lgan xalq iste`mol tovarlari katta hajmlarda import qilinayotganligi, mazkur holat esa bu turdagi tovarlarga ehtiyoj hamon yuqori ekanligini ko`rsatmoqda.

Shuningdek, o`rganishlar import qilinayotgan aksariyat tovarlar respublikamizning tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilishi mumkinligini, buning uchun esa barcha shart-sharoitlar mavjudligini ko`rsatdi va Davlat bojxona qo`mitasi ushbu turdagi mahsulotlar haqida tadbirkorlarimizga batafsil ma`lumotlar (http://bojxona.uz/uz/news/view/2473)ni etkazishni lozim deb topdi.

Hurmatli tadbirkorlar!

Sizlarga taqdim etilayotgan ushbu ma`lumotlar respublikamiz aholisi uchun zarur bo`lgan xalq iste`mol tovarlarini ishlab chiqarishni rejalashtirish va yo`lga qo`yish, shuningdek, o`z beznesingizni yanada kengaytirish orqali mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini oshirish, qo`shimcha ishchi o`rinlarini yaratishda xizmat qiladi degan umiddamiz.

Sizni qiziqtirgan qo`shimcha ma`lumotlar bo`yicha qo`mitaning Tashqi savdo operasiyalari monitoringi va bojxona statistikasi boshqarmasi (78) 120-76-97 va Axborot xizmatining (78) 120-76-17 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Davlat bojxona qo`mitasi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar