AsosiyJamiyat

Terimchilar bilan mavsumiy mehnat shartnomasi tuziladi

'Terimchilar bilan mavsumiy mehnat shartnomasi tuziladi'ning rasmi

Rahbarlarning e`tibori paxta yig`im-terimida bolalar mehnati, maktab o`quvchilari va o`qituvchilarini terimga majburiy jalb qilish holatlarini qat`iy taqiqlashga qaratildi.

Ushbu salbiy holatlar keyingi uch yilda olib borilayotgan ochiq va shaffof demokratik o`zgarishlarga zidligi haqida O`zbekiston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashining navbatdagi videoselektor tarzida o`tkazilgan yig`ilishida qayd etildi.

photo_2019-09-07_13-44-11.jpg

Unda g`o`za defolyasiyasi, paxta yig`im-terimi va kuzgi g`alla ekish mavsumini uyushqoqlik bilan o`tkazish masalalari ham muhokama qilindi. Unda paxta terimi va 2020 yil hosili uchun boshoqli don ekinlari ekishni uyushqoqlik bilan o`tkazish va qisqa muddatda yakunlash bo`yicha Murojaatnoma qabul qilish to`g`risidagi taklifi ma`qullandi. Kengash hamda “O`zLiDeP” partiyasining joylardagi bo`linmalari faollari bilan hamkorlikda terim ishtirokchilarini manfaatdorligini oshirish choralari ko`riladi.

Rayosat yig`ilishida kengash huquqshunosi S.Hatamov har bir terim ishtirokchilari bilan, shuningdek hasharchilar bilan mavsumiy mehnat shartnomasini tuzish muhimligini ma`lum qildi. Shuningdek, fermerlarni Xitoy texnologiyasi asosida ixcham, resurstejovchi issiqxonalar qurish bo`yicha tajriba almashish maqsadida Xitoy davlatiga xizmat safariga yuborish ta`kidlandi.

photo_2019-09-07_13-44-13.jpg

Yig`ilishida O`zbekiston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi nodavlat tashkilot hisoblanishi, bugungi kunda yurtimizda faoliyat yuritayotgan barcha nodavlat tashkilotlarining ramzi sifatida o`z bayrog`i borligini hisobga olib, kengashning ham o`z bayrog`i bo`lishi lozimligi qayd etildi.

Kengashning bayrog`ini ishlab chiqish haqidagi taklif bir ovozdan ma`qullandi.

    Boshqa yangiliklar