AsosiyJamiyat

Texnikumni bitirganlar universitetlarga imtihonsiz kiradi

'Texnikumni bitirganlar universitetlarga imtihonsiz kiradi'ning rasmi

Professional ta`lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Farmonga muvofiq, 2020-2021 o`quv yilidan boshlab O`zbekistonda Ta`limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg`unlashgan yangi boshlang`ich, o`rta va o`rta maxsus professional ta`lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta`lim dasturlari joriy etiladigan ta`lim muassasalari tashkil etilib, mazkur dasturlar asosida tegishli kadrlar tayyorlaydigan ta`lim muassasalari ro`yxatlari tasdiqlandi.

Bundan tashqari, Farmonga ko`ra jami 388 ta kasb-hunar kollejlari binolari tegishli ro`yxatga asosan maktab sifatida foydalanilishi belgilandi.

Boshlang`ich, o`rta va o`rta maxsus professional ta`lim tizimida tegishli ta`lim dasturlari joriy etilgan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardan iborat professional ta`lim muassasalari tarmog`i tashkil etiladi.

Bunda:

a) kasb-hunar maktablarida:

- maktablarning 9-sinf bitiruvchilariga 2 yillik kunduzgi ta`lim beriladi;
-ta`lim olayotgan o`quvchilar Davlat byudjeti hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida oylik stipendiya hamda uch mahal ovqat bilan ta`minlanadi.

b) kollejlarda:

-kamida umumiy o`rta ma`lumotga ega bo`lgan shaxslarga kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta`lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to`lov-kontrakt asosida ta`lim beriladi.

v) texnikumlarda:

-umumiy o`rta ma`lumotga ega bo`lgan shaxslarga kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam bo`lmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta`lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to`lov-kontrakt asosida ta`lim beriladi;

-texnikumlarni tamomlagan bitiruvchilar o`z sohasiga mos bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta`lim muassasalarida 2-kursdan o`qishini davom ettirish huquqiga ega bo`ladi

    Boshqa yangiliklar