AsosiyJamiyat

O`zbekiston Mudofaa vazirligi delegasiyasi xalqaro forumda ishtirok etdi

'O`zbekiston Mudofaa vazirligi delegasiyasi xalqaro forumda ishtirok etdi'ning rasmi

O`zbekiston mudofaa vazirining o`rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligidagi Mudofaa vazirligi delegasiyasi xavfsizlik va mudofaa masalalari bo`yicha Janubiy Koreyada o`tkazilgan “Seul muloqoti— 2019” forumida ishtirok etdi.

Tadbirlar davomida general-mayor Azizbek Ikramov Janubiy Koreya Milliy mudofaa vaziri o`rinbosari Pak Chje Min bilan ikki tomonlama uchrashuv o`tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar mintaqadagi xavfsizlik, shuningdek, kelgusidagi harbiy sohada hamkorlikning istiqbollarini muhokama qildi.

Bundan tashqari O`zbekiston Mudofaa vazirligi delegasiyasi Markaiy Osiyo va Janubiy Koreya mamlakatlari o`rtasidagi harbiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish hamda xavfsizlik masalalariga bag`ishlangan “Koreya Respublikasi — Markaziy Osiyo” II-forumida ham ishtirok etdi.

5 sentyabr kuni esa O`zbekiston delegasiyasi tashrifning asosiy maqsadi bo`lgan — “Seul muloqoti—2019” anjumanida ishtirok etdi. Mazkur anjuman Koreya Respbulikasi Milliy mudofaa vazirining raisligi ostida o`tdi.

Shu kunning o`zida Milliy mudofaa universiteti rahbariyati bilan ham uchrashuv tashkil etdi. Tomonlar harbiy ta`lim borasidagi hamkorlikka oid masalalarni muhokama qildi. Uchrashuv yakuniga ko`ra, O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi hamda Koreya Respublikasi Milliy mudofaa universiteti o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tashrif yakunida Mudofaa vazirligi delegasiyasi Koreya harbiy akademiyasida bo`lib, ikki mamlakat harbiy ta`lim muassasalari o`rtasida hamkorlikni olib borishga oid hujjatni imzoladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar