AsosiyJamiyat

Harbiy xizmatga chaqiruv bo`yicha yangi tartiblar joriy etildi

'Harbiy xizmatga chaqiruv bo`yicha yangi tartiblar joriy etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (O`RQ–564, 05.09.2019 y.).

Qonun bilan 10 dan ortiq qonunlarga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.

«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida»gi Qonunga kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, endilikda muddatli harbiy xizmat muddati kalendar hisobida o`n ikki oy qilib belgilandi (hozirga qadar oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimidagi xizmatchilar uchun - o`n ikki oy (oliy ma`lumotli shaxslar uchun - to`qqiz oy); chaqiruv bo`yicha ofiserlar tarkibi lavozimlarida o`tayotgan ofiserlar uchun - to`qqiz oy).

Shuningdek, endilikda fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish ular umumta`lim maktabidagi yoki o`rta-maxsus ta`lim muassasasidagi oxirgi o`qish yilining aprel - may oylarida amalga oshiriladi (hozirga qadar ular o`n olti yoshga to`lgan yili aprel - iyun oylarida amalga oshirilib kelgan).

Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar