AsosiyJamiyat

Havo harorati yana tushishi kutilmoqda

'Havo harorati yana tushishi kutilmoqda'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 5 sentyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-15, kunduzi 24-26 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8 -13, kunduzi 20-25 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 23-28 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 23-28 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 28-33 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 23-28 daraja issiq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 15-20 daraja issiq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar