Saylovlar to`g`risidagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan Qonun (O`RQ-563, 04.09.2019 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan Konstitutsiya va bir qator qonunlarga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.
Xususan, Konstitusiyaga kiritilgan o`zgartirishga muvofiq ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan va uncha og`ir bo`lmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarga saylovlarda ishtirok etish huquqi berildi.
“Ichki ishlar organlari to`g`risida”gi Qonunga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra endilikda ichki ishlar organi xodimlari Qonunchilik palatasiga yoki mahalliy Kengash deputatligiga saylana olmaydi.






