Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor Nurota tumanidagi “Ashraf” xususiy korxonasidan davlat foydasiga 503,4 million so`m soliq qarzi undirilishi belgilangan edi.
Mazkur ijro hujjati bo`yicha ijro harakatlari boshlanib, qarzdor tomonidan belgilangan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik bartaraf qilinmaganligi sababli uning ATB “Agrobank” Nurota tuman filialidagi barcha hisob raqamlariga band solinib, inkassa topshiriqnomalari qo`yilgan.
Bundan tashqari, qarzdorga tegishli bo`lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida tegishli organlarga so`rov xatlari yuborilgan.
Ushbu ijro hujjati bo`yicha olib borilgan ijro xarakatlari natijasida qarzdor “Ashraf” xususiy korxonasining hisob raqamida 503,4 million so`m soliq karzi undirilishi ta`minlandi.






