AsosiyJamiyat

Din ishlari bo`yicha qo`mitaga yangi rais va o`rinbosar tayinlandi

'Din ishlari bo`yicha qo`mitaga yangi rais va o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

Abdug`ofur Ahmedov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mitaga yangi rahbar bo`ldi.

Shuningdek, Dilshod Muxitdinovich Eshnaev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita raisining o`rinbosari – Diniy ijtimoiy jarayonlarni o`rganish axborot-tahlil markazi direktori etib tayinlangan.

Eslatib o`tamiz, Markaz Din ishlari bo`yicha qo`mitaning diniy mavzularga oid adabiyotlar, Internet va ommaviy axborot vositalari materiallarini chuqur tahlil qilish, diniy-ijtimoiy muhitning barqarorligiga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish faoliyatini amalga oshiradigan axborot-tahliliy tuzilmasi hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar