O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi saytida xorijiy davlatlarga doimiy yashashga chiqib ketgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bo`yicha 1150 kishilik ro`yxat e`lon qilindi.
Qayd etilishicha, ushbu fuqarolar xorijga doimiy yashashga uch yildan ortiq vaqt oldin chiqib ketgan bo`lib, hozirga qadar konsullik hisobiga turmaganlar.
Xabarda aytilishicha, shu munosabat bilan, «O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi to`g`risida»gi qonunning 21-moddasiga muvofiq, ro`yxatdagi shaxslarga nisbatan ular fuqaroligini olib tashlashni rasmiylashtirish masalasi ko`rib chiqilmoqda.
Ushbu ro`yxat bilan quyidagi link orqali ko`rishingiz mumkin.






