AsosiyJamiyat

Xotin-qizlar va erkaklarga davlat tomonidan teng huquq va imkoniyatlar kafolatlanadi

'Xotin-qizlar va erkaklarga davlat tomonidan teng huquq va imkoniyatlar kafolatlanadi'ning rasmi

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to`g`risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (O`RQ–562-son, 02.09.2019 y.)

Qonunga ko`ra, xotin-qizlar va erkaklarga davlat tomonidan teng huquq va imkoniyatlar kafolatlanadi, ularni jinsi bo`yicha kamsitishga yo`l qo`yilmaydi.

Bunda:
bola tug`ish va ko`krak suti bilan oziqlantirish;
muddatli harbiy xizmatga faqat erkaklarni chaqirish;
ushbu Qonun asosida gender siyosati amalga oshirilishida vaqtinchalik maxsus choralar ko`rish;
qamoqda saqlash, jazoni ijro etish joylarida saqlash tartibida farqlarni belgilash kabilar jinsi bo`yicha kamsitish hisoblanmaydi.

Endilikda qonun hujjatlaridagi jins bo`yicha kamsitilishiga yo`l qo`yadigan normalarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida ushbu hujjatlar va ular loyihalarining gender-huquqiy ekspertizasi o`tkaziladi.

Davlat xizmatida gender tenglikni ta`minlash uchun bir jinsdagi xodimlar uchun lavozimlar vaqtinchalik kvotalanishi mumkin. Bunda kvotalash xotin-qizlar va erkaklar vakilligining mutanosibligiga erishilganda bekor qilinishi mumkin.

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta`minlash sohasidagi yagona davlat siyosati Gender tengligini ta`minlash bo`yicha komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Qonunga ko`ra agar shaxs o`zini jinsi bo`yicha kamsitishga duchor etilgan deb hisoblasa sudga murojaat qilish huquqiga ega. Bunda jinsi bo`yicha kamsitishga duchor etilgan shaxsdan davlat boji undirilmaydi.

Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar