AsosiyDunyo

Tolibonlar hujumiga uchragan 400 nafar xorijlik evakuasiya qilindi

'Tolibonlar hujumiga uchragan 400 nafar xorijlik evakuasiya qilindi'ning rasmi

Afg`on polisiyachilari poytaxtdagi terrorchilik hujumiga uchragan Green Village majmuasidan taxminan 400 nafar xorijlikni evakuasiya qildi, deyiladi Tolo News xabarida.

Portlash qator xorij kompaniyalari joylashgan bu majmua yaqinida sodir etilgan. Tashqi ishlar vazirligi ma`lumotida aholi yashovchi uylar ham zarar ko`rgani aytilgan. Portlash natijasida kamida 16 kishi halok bo`lgan, 119 kishi jarohat olgan.

Tolibonlar hujum xorij kuchlariga qaratilganini aytib, hodisaga javobgarlikni o`z zimmasiga oldi. Prezident Ashraf G`ani hujumni qat`iy qoralab chiqqan.

    Boshqa yangiliklar