1 sentyabr kuni kechki soat 21.00 da poytaxtliklar va shahrimiz mehmonlari tariximizdagi eng baland, eng chiroyli mushak otilishiga guvoh bo`lishadi.
350 metr balandlikka otiladigan mushak 9 daqiqa ichida 2 723 xil rango-rang nur tarqatadi. Xalqlar do`stligi saroyi binosi orqasida joylashtirilgan 80 ta inshoot yordamida amalga oshadigan mushaklar barchaga zavq ulashishi tabiiy.
Shou Xitoyning China Liuyang Jeeton Fireworks Group tomonidan taqdim etiladi.
Toshkent shahar hokimligi Mustaqilligimizning 28 yilligi sharafiga namoyish etiladigan bu shouga barcha poytaxtimiz aholisi va shahrimiz mehmonlarini taklif etmoqda.






