So`nggi paytlarda Qirg`iziston fuqarolari tomonidan O`zbekiston Respublikasi davlat chegaralarini buzish holatlari qayd etilmoqda, deya xabar bermoqda 12news.uz.
O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegarasini qo`riqlash qo`mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2014 yil 15 dekabr kuni tunggi soat 22.00da Farg`ona viloyati So`x tumanida “Xunday-Porter” rusumli avtomashinada (davlat raqami A 7208 S) asli Qirg`iziston fuqarosi bo`lgan Baob Mamotov qishloq xo`jaligi mahsulotlari (924 kg quritilgan o`rik va 247 kg bodom)ni noqonuniy ravishda olib o`tishga harakat qilgan chog`ida qo`lga olingan.
Qo`lga olingan qonunbuzarga nisbatan qonun doirasida tegishli chora ko`rish maqsadida avtomashina va barcha yuklar O`zbekiston bojxona organlariga topshirildi.
Bu kabi holatlarning kelgusida yana sodir etilishini oldini olish maqsadida O`zbekiston chegarachilari qirg`izistonlik hamkasblarini muntazam ravishda chegara atrofida istiqomat qiluvchi fuqarolar o`rtasida tushuntirish-profilaktika ishlarini olib borishga chaqiradi.





