Ijtimoiy tarmoqlarda bog`chada bo`ëq suyultirgich ichib qo`ygan 5 yashar bola og`ir ahvolda reanimasiyada ekanligi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Sog`liqni saqlash vazirligi quyidagilarni ma`lum qiladi.
Haqiqatdan, Xorazm viloyati Xonqa tumani Madir qishlog`ida yashovchi 5 yashar Sharipov Lochinbek Jasurbek o`g`li 32-sonli “Qaldirg`och” bolalar bog`chasida bilmasdan bo`ëq suyultirgich (razbavitel) ichib qo`ygani oqibatida 22 avgust kuni soat 17.10da tuman tibbiyot birlashmasi qabul bo`limiga murojaat qilgan va shoshilinch tez tibbiy yordam bo`limiga yotqizilgan. Unga bo`yoq eritish vositasidan zaharlanish tashxisi qo`yilgan.
Bo`limda shifokorlar tomonidan bemorning oshqozoni yuvilib, zudlik bilan intensiv davo muolajalari olib borilgan. Ko`rilgan tezkor choralar natijasida bemor ahvoli yaxshilandi va ertasi kuni bolalar bo`limiga o`tkazilgan. Mazkur bo`limda ham davo muolajalari davom ettirilgan holda 24 avgust kuni shifokorlar tekshiruviga ko`ra, ahvoli qoniqarli deb topilib, uyiga ruxsat berilgan.
Bundan tashqari, 28 avgust kuni tuman tibbiyot birlashmasining bir guruh mutaxassislari Sharipov Lochinbek Jasurbek o`g`lining uyiga borib, uni qo`shimcha ko`rikdan o`kazishgan. Tekshiruv natijalariga ko`ra, bolaning ahvoli qoniqarli va sog`lom. Ayni paytda u shifokorlarning doimiy nazoratida.
Sog`liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi.






