O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi joylarda «Iste`molchi kutubxonasi», «Iste`molchilar uyi» loyihalarini amalga oshirish bo`yicha keng ko`lamli ishlarni rejalashtirib olgan, bu haqda O`zA yozadi.
Kelgusida 40 dan oshiq tuman va shaharda bu kabi loyihalar amalga oshiriladi.

Ayni vaqtda esa Farg`ona viloyatining Bag`dod, Dang`ara, Qo`shtepa, Farg`ona tumanlarida mazkur loyihalar asosida qurilish ishlari olib borilmoqda. Federasiya tizimidagi tashkilotlar ichida birinchi bo`lib Oltiariq tumanida «Iste`molchi kutubxonasi» ishga tushirildi. Kutubxona bugungi kunda tuman aholisi, avvalo yoshlar uchun o`zining xizmatlarini ko`rsatmoqda.
Farg`ona shahrida quriladigan «Iste`molchilar uyi» loyihalash-ekspertiza bosqichidan o`tib, qurilish ishlarini boshlash arafasida turibdi.






