O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabariga ko`ra, “Toshkent” avtovokzalidan harakatlanayotgan shaharlararo mahalliy yo`nalishlardagi avtobus qatnovlariga chiptalarni onlayn tarzda xarid qilish imkoniyati yaratildi...
Yo`lovchilarga qo`shimcha qulaylik yaratish maqsadida chiptalarni onlayn tarzda xarid qilish imkonini taqdim etuvchi https://avtoticket.uz/ sayti ishga tushirildi.
Mazkur onlayn platforma aholining barcha qatlamiga yuqori darajada qulaylik yaratish maqsadida sodda va tushunarli tarzda ishlab chiqilgan bo`lib, istalgan yoshdagi kishilar uchun juda qulaydir. Chiptalarga to`lovni amalga oshirish jarayoni butunlay avtomatlashtirilgani esa mazkur jarayondagi turli xil noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Onlayn platforma yo`lovchilar uchun qo`shimcha yangi echimlarni ham taqdim etadi. Bu erda “Toshkent” avtovokzalidan amalga oshiriluvchi barcha qatnovlar bo`yicha uch kunlik ma`lumotlar, avtobuslardagi bo`sh o`rindiqlar soni, avtobuslarning jo`nash vaqti, modeli haqidagi batafsil ma`lumotlar mavjud.






