Diniy tashkilotlar Hukumat tomonidan tasdiqlangan maxsus nizomga asosan adliya organlarida davlat ro`yxatidan o`tkaziladi.
Mahalliy diniy tashkilotlar, shu jumladan masjidlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun hujjatlar tegishli hududiy adliya organiga taqdim etiladi.
Adliya organi tomonidan ushbu ariza uch oygacha muddatda ko`rib chiqiladi va ro`yxatdan o`tkazish yoki rad etish to`g`risida tegishli qaror qabul qilinadi.
- Eslatib o`tamiz, diniy tashkilotlar faqat davlat ro`yxatidan o`tgandan so`nggina yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan holda o`z faoliyatini amalga oshirishi mumkin.






