AsosiyJamiyat

28 avgustdan poytaxtning 3 ta tumanida yangi elektr hisoblagichlarni o`rnatish ishlari boshlanadi

'28 avgustdan poytaxtning 3 ta tumanida yangi elektr hisoblagichlarni o`rnatish ishlari boshlanadi'ning rasmi

Energetika vazirligining ma`lum qilishicha, Prezidentimizning 2018 yil 23 oktyabrda “Elektr energetikasi tarmog`ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga asosan, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini (ASKUE) joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shunga ko`ra, 2019 yil, 28 avgustdan boshlab “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan poytaxtimizning Chilonzor, Yashnobod va Yakkasaroy tumanlari iste`molchilariga zamonaviy elektr hisoblagichlarni joriy etish ishlari boshlanadi. Shuni inobatga olib, xonadoningizda voyaga etgan shaxsning imkon qadar ishtirokini ta`minlashingizni hamda hozirda mavjud hisoblagichingiz ko`rsatkichini foto suratga olib qo`yishingizni tavsiya qilamiz.

Hozirda Toshkent shahrining Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur, Uchtepa, Mirobod, Sergeli va Mirzo-Ulug`bek tumanlaridagi 257 mingdan ziyod aholi iste`molchilariga zamonaviy elektr hisoblagichlar o`rnatib berildi.

Alohida ta`kidlash kerakki, ushbu zamonaviy elektr hisoblagichlar iste`molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag`lari evaziga bepul o`rnatib berilmoqda.

Joriy yil yakuniga qadar ushbu zamonaviy elektr hisoblagichlar Toshkent shahrining barcha tumanlariga to`liq o`rnatib berilishi rejalashtirilgan.

Shunga ko`ra, iste`molchilardan hisoblagichlarni almashtirishga to`sqinlik qilmasliklaringizni balki, yordam berishingizni so`raymiz.

    Boshqa yangiliklar