AsosiyJamiyat

O`zbekiston mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan chegirmalar joriy qilindi

'O`zbekiston mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan chegirmalar joriy qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tadbirkorlik sub`ektlari bilan hamkorlikda mustaqillikning 28 yilligi munosabati bilan joriy yilning 5-sentyabr kuniga qadar mamlakat bo`yicha 200 ga yaqin joylashtirish vositalari (mehmonxonalar va oilaviy mehmon uylari), 80 dan ortiq transport vositalari (avtobus, mikroavtobus va engil avtomobillar) hamda 110 dan ortiq umumiy ovqatlanish shoxobchalari (kafe, restoranlar va b.) uchun chegirmalar joriy etilganligini ma`lum qiladi.

Bunday hamkorlikdagi ishlarning davomli ravishda amalga oshirilayotganligi davlat va xususiy sektor o`rtasidagi o`zaro hamkorlik yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, 2019-yilning 31-avgustidan 3-sentyabr kuniga qadar “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan ichki yo`nalishdagi qatnovlarga 10 foizdan 50 foizgacha chegirmalar joriy qilindi. Bundan tashqari, “O`zbekiston xavo yo`llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan 30 foizdan 50 foizgacha chegirmalar taqdim etilishi yo`lga qo`yildi. Ushbu turdagi tadbirlarning amalga oshirilishi aholining oilaviy dam olish kunlarini mazmunli tashkillashtirish hamda yurtimizning o`ziga xos maskanlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

    Boshqa yangiliklar