Jahon banki Serra-Leoneni Ebola virusidan so`ng tiklash uchun 160 million AQSh dollari ajratish istagida, deya xabar beradi Gazeta.ru.
Bir muddat avval AQSh prezidenti Barak Obamaning G`arbiy Afrikada Ebola bilan kurash uchun kongressdan 6,18 milliard AQSh dollari miqdoridagi mablag`ni so`ragani ma`lum bo`ldi.
“Biz Serra-Leonedagi holat ana shu mablag`lar evaziga yaxshilanishiga umid qilamiz. Mablag` mamlakatdagi davlat xizmatlarini yaxshilash va elektr energiyasiga ega bo`lish uchun ham sarf etilishi mumkin” deya fikr bildirdi tashkilot rahbari Jin En Kim.





