Janubiy Koreyalik PSYga jahon miqyosida omad keltirgan Gangnam Style qo`shig`iga ishlangan videoklip YouTubeda ko`riklar bo`yicha barcha rekordlarni yo`qqa chiqardi va videoxostingning hisoblagichini ishdan chiqarishiga sal qoldi. YouTube shu haftada roliklarning ko`riklari sonini hisoblab boruvchi moslamani takomillashtirishga to`g`ri kelganligini e`lon qildi.
"Avvallari, YouTubeda millionta ko`rik juda yaxshi ko`rsatkich hisoblanardi. 800 million har qanday klipni mashhur qilish uchun etarli. Ammo doimiy ravishda mashhurlikni saqlab kelayotgan Gangnam Style uchun 2147483647 ko`rik ham chegara emas”, - deb yozmoqda The Verge nashri.
Shu o`rinda Google kompaniyasi jurnalistlarga hisoblagich ishdan chiqmaganligini ma`lum qildi. "Bu hodisa yaqin oylarda sodir bo`lishi mumkinligini ko`rdik va buning oldini olish uchun tizimni takomillashtirdik", - deya qayd etishdi kompaniya vakillari. Demak, PSY uchun oldinda yangi maqsad, ya`ni 9 kvintillion marta ko`rik turibdi.
Gangnam Style klipi 2012 yilning iyul oyida YouTubeda paydo bo`lgan edi va dekabr oyiga kelib, milliard marta ko`rik qayd etilgan bo`lib, bu videoxosting tarixidagi eng ko`p ko`rik bo`lgan. Ushbu video bilan joylashtirilgan sahifadagi reklama orqali YouTube 8 million dollar ishlab olgan.





