AsosiyShou-biznes

Devid Bekxem shaxsiy brendi ostidagi kiyimlarni ishlab chiqarmoqda

Dunyoga mashxur futbolchi Devid Bekxemning Viktoriya Bekxemning dizayner ekani hammaga ma`lum. Bugun Devid Bekxem ham rafiqasi kabi shaxsiy brend ostidagi kiyimlarni ishlab chiqarishni yo`lga qo`ymoqda. Bu haqda Spletnik.ru xabar beradi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Devid Li & Fung kabi bir qator yirik kompaniyalar bilan uzoq yillik shartnomani imzolagan. Nike, Walt Disney, Coca-Cola, Marks & Spencer, Metro, Calvin Klein, Tommy Hilfiger kabi yirik laybllar ushbu kompaniyaning mijozlari sanaladi. Ushbu yangi ish borasida Devid Bekxemga musiqa va tele prodyuser Saymon Fuller hamkorlik qiladi. Eslatib o`tamiz, sobiq futbolchi Devid Bekxem Belstaff brend ostida teridan tayyorlangan kurtkalarni ishlab chiqarmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar