AQSh Prezidenti Barak Obama 2 dekabr kuni Kongressni Ebolaga qarshi kurash maqsadida 6.18 milliard dollar ajratish uchun ovoz berishga chaqirdi, deya xabar qilmoqda Reuters.
Uning so`zlariga ko`ra, AQSh ushbu yo`nalishda so`nggi paytlarda ijobiy natijalarga erishmoqda, biroq oldinda hali ko`p ish bor.
“Har qanday yonib turgan burchak, yangi yong`inni keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun ham doim ogoh bo`lishimiz zarur. Va epidemiya bilan shunchaki kurashib bo`lmaydi. Biz uni o`chirishimiz kerak”, - dedi prezident.





