Rossiyaning yirik konsernlaridan biri “Kalashnikov” brendining yangi grafika ko`rinishidagi shaklini namoyish etdi.
"Bu ikki “K” harfining birlashmasi bo`lib, Kalashnikov va konsern ma`nosini beradi. Udmurtiya bayrog`ida aks ettirilgan ikki - qizil va qora rangdan iborat”, - deydi “Rostex” rahbari Sergey Chemezov.
Konsern vakillari avval xabar berganidek, jahon qurol sanoatida kuchli va notanish brendsiz raqobatlashib bo`lmaydi.
Konsern bosh direktori Alekseya Krivoruchkoning so`zlariga ko`ra, 2020 yilga borib, ishlab chiqarishni ikki marta ko`paytirish rejalashtirilmoqda. Daromad esa to`rt marta o`sishi kerak.
Bundan tashqari “Kalashnikov” brendi ostida o`q otish sporti va ovga oid kiyim-kechak, shuningdek ov hamda faol turmush tarzida foydalaniluvchi, masalan pichoqlar ishlab chiqarish mo`ljallanmoqda, deya yozmoqda TASS.





