Mashhur fransuz aktyori Alen Delon hayoti davomida yiqqan qurollarini sotuvga qo`ydi, deya xabar beradi TASS nashri.
Bugun, 1 dekabr kuni ushbu qurollar parijdagi Cornette de Saint Cyr auksion uyida sotuvga qo`yilmoqda. Alen Delon qurollarni juda yaxshi tushunadi, aynan ana shu xislati uni o`z rollarini mahorat bilan o`ynashiga ko`mak bergani aniq. Auksionga qo`yilgan qurollar ichida Purdey rusumidagi qurol, Holland & Holland kompaniyasi mahsulotlari, ayniqsa auksion ishtirokchilarini qiziqtirishi aniq.
Shuningdek, unda aktyorning o`z rollarini ijro etish vaqtida kiygan kiyimlari va bir qator boshqa anjomlar ham sotuvga qo`yilgan.





