2014-yilning 27-28-noyabr kunlari O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi tashqi ishlar vazirlari o`rinbosarlari darajasidagi vazirliklararo maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etish uchun Turkiya Respublikasiga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Ushbu tashrif dasturidan Anqara shahrida qator ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar ham o`rin olgan.





