Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko tizza bo`g`imlaridan operasiya qilindi. Bu haqda Belorussiya rahbari matbuot xizmatiga asoslanib «Korrespondent.net» xabar berdi.
Operasiya sababi xokkey mashg`ulotlari vaqtida orttirilgan jarohat ekanligi aytilgan. Operasiya oldindan rejalashtirilgan, Biroq Belorussiya prezidenti ish jadvalining tig`izligi bois uni avvalroq o`tkazishning imkoni bo`lmagan.
Operasiya Belorussiya prezidenti ishlari boshqarmasining Respublika klinink tibbiyot markazida amalga oshirilgan. Hozirda o`zini qoniqarli his qilayotgani aytilgan Lukashenko o`zining Minsk tashqarisidagi qarorgohida ekanligi ma`lum qilingan. Qayd etilishicha, tiklanish uchun 3−4 kun kerak bo`ladi.





