Xorazm viloyati Hazorasp tumani Ichki ishlar bo`limining navbatchi qismiga shu tumanda yashovchi fuqaroning uyidan chorva o`g`irlab ketilgani haqidagi ma`lumot kelib tushdi, deb xabar bermoqda «Na postu» gazetasi.
Voqea joyiga zudlik bilan operativ tergov guruhi etib borgan. Ichki ishlar xodimlari jabrlanuvchi va uning qo`shnilari orasida surishtiruv ishlarini olib borgan.
Ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida o`g`ri topilgan. Jinoyatchi shu tumanda yashovchi 32 yoshli fuqaro ekanligi ma`lum bo`lgan. Unga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan bo`lib, surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.





