Bugungi kunga qadar B&O, Vertu kabi yirik kompaniyalar tomonidan dunyodagi eng qimmatbaho texnik jihozlar ishlab chiqarilgan. Ayni damda esa britaniyalik Styuart Xyuz dunyodagi eng qimmatbaho televizorni yaratish barobarida, ushbu kompaniyalar bilan tenglasha olishini isbot qildi.
12 yoshda texnikaga qiziqa boshlagan Styuart Xyuz ulg`aygach, turmush o`rtog`i bilan Goldstriker International dizaynerlik firmasiga asos solishadi. Ular oddiy texnik jihozlarini qimmatbaho ko`rinishga keltirish bilan shug`ullanishardi. Siz suratda ko`rib turgan televizor dunyodagi eng qimmatbaho televizor sanaladi. Uning narxi 2 250 000 AQSh dollari miqdorida baholanmoqda.
PrestigeHD televizorining ekrani 55 dyuym. Styuart Xyuz aynan ushbu televizorni san`at asariga aylantirdi. Televizorning korpusi 28 kilogrammli 18 karat oltindan ishlangan. Uning ustki qismi 72 dona olmoslar bilan bezatilgan. Uning yanada bejirim ko`rinisha uchun karkas oldidagi qismi allligator terisidan mahsus tikib chiqilgan. PrestigeHD SUPREME Rose Edition nomini olgan ushbu televizorni sotib olish istagidagi haridorlar tobora ko`paymoqda.





