Madagaskarda vabo epidemiyasi tarqalib, uning oqibatida hozirgacha 40 kishi halok bo`ldi. Bu haqda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti xabar berdi.
Kasallikning dastlabki holati 31 avgust kuni qayd etilgan bo`lib, bemor 3 sentyabr kuni vafot etgan. 16 noyabrgacha jami 7 provinsiyadagi 16 hududda 119 ta vabo bilan kasallanish holati tasdiqlangan. Poytaxt Antananarivu shahrida ham ikki holat qayd etilgan.
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti mutaxassislarining fikricha, shaharlarda aholi zichligining yuqorligi va sog`liqni saqlash tizimining zaifligi sababli kasallikning tez tarqalib ketishi xavfi bor. Madagaskar rahbariyati tegishli choralarni ko`rmoqda, hukumatga Qizil xoch jamiyati va Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ko`mak beryapti.





