Yaponiyalik arxitekor va Singapur dizayn hamda texnologiya universitetining professori Savako Kadzima soya hosil qilmaydigan yoritish tizimi ishlab chiqdi. Bu haqda LookAtMe xabar berdi, deb yozadi «Parol» nashri.
Buning uchun u Singapur universitetidagi 13×16 metr yuzali maydonga ega xonani 6000 ta diodli maxsus chiroqlar bilan yoritdi. Chiroqlar nurni shunday yo`naltiradiki, xonada biror buyumning soyasi paydo bo`lmaydi. Nazariya bo`yicha esa bunday bo`lmasligi kerak.
Ushbu chiroqlarning har biriga 10 kilogrammgacha yuk osish mumkin. Masalan, kiyim ilish, ikkitasida displey, uchta va undan ko`prog`ida esa xona jihozlarini osib qo`yish mumkin.
Savako Kadzimaning ushbu loyihasi IDC Space deb nomlanadi va u Inside festivalining displeylar yo`nalishida g`olib deb topilgan.





